PFL “Buxoro” futbol klubini jiddiy ogohlantiradi

“O`FA va O`zPFL tomonidan o`tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini litsenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo`yicha reglament” ishlab chiqilgani va uning O`FA Ijroqo`mi byurosi tomonidan tasdiqlangani haqida xabaringiz bor.

Aynan shu reglamentga muvofiq klublarni litsenziyalash bo`yicha Ishchi guruhi 5-6 dekabr kunlari “Buxoro” futbol klubida belgilangan talablarning bajarilishi yuzasidan monitoring o`tkazdi.

O`rganishlar jarayonida futbol klubi stadioni maydonining talab darajasida emasligi, maydon yoritish tizimini mutaxassislarni jalb etgan holda sozlash kerakligi, stadiondagi o`rindiqlar, futbolchilarning kiyinish xonalari, hakamlar va komissar xonalari ta`mirtalab holatga kelib qolganiligi, stadionda OAV xodimlari uchun etarlicha sharoitning mavjud emasligi, futbol akademiyasini tashkil etish choralari ko`rilmagani, moliyaviy qarzdorliklarni bartaraf etilmagani aniqlandi. Shuningdek, futbol klubining boshqaruv tizimi, kadrlar bo`limi, marketing bo`limi, litsenziyalash bo`limi va matbuot xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etilishi dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi. 

Ta`kidlash lozim, “Buxoro” futbol klubi tomonidan mazkur kamchiliklar joriy yil 25 dekabr sanasiga qadar bartaraf etish choralari ko`rilmasa, O`zbekiston Professional Futbol Ligasining klublarni litsenziyalash bo`yicha Ishchi guruhi xulosasiga asosan futbol klubini kelasi mavsum uchun Superligadan chetlashtirish masalasi ko`rib chiqilishi yuzasidan “Buxoro” futbol klubi jiddiy ogohlantirildi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb