Yilning eng yaxshi darvozaboni bo`lish uchun nomzodlar

Yangicha tartibda tashkil etilgan va yil boshidanoq ko`pchilikning o`zgacha qiziqishini torta olgan O`zbekiston Superligasining 2018 yilgi mavsumi ham ortda qoldi. 

Anchagina qiziqarli va murosasiz uchrashuvlarni siz-u bizga taqdim eta olgan 2018 yilda bir qator murabbiy, futbolchi va darvozabonlar ishonchli, ko`pchilikka manzur keladigan o`yin namoyish etib, futbol jamoatchiligi olqishlariga sazovor bo`lishdi. 

Professional Futbol Ligasi 14 dekabr kuni ortda qolayotgan Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o`tkazadi. Yil yakunlariga bag`ishlab o`tkaziladigan marosimda o`z yo`nalishi bo`yicha eng yaxshi deya e`tirof etiluvchi nomzodlar eng yaxshilar uchun atalgan mukofotlarni qabul qilib olishadi.

PFL rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarida turli nominatsiyalarda eng yaxshi bo`lish uchun nomzodlar nomini e`lon qilib boradi. 

 

Yilning eng yaxshi darvozaboni bo`lish uchun nomzodlar

O`TKIR YuSUPOV (“QO`QON-1912”). Ushbu darvozabon ortda qolgan mavsumda jamoasining chempionat doirasidagi barcha – 32 ta o`yinida ham darvozani qo`riqladi va ishonchli o`yin namoyish etdi.

 

ELDOR SUYuNOV (“PAXTAKOR”). Ushbu darvozabon yil davomida barqaror o`yin namoyish etdi va "Paxtakor" jamoasining yakunda kumush medallarga ega chiqishida o`z munosib xissasini qo`shdi.

  

IGNATIY NESTEROV (“LOKOMOTIV”). Uzoq yillardan buyon ishonchli o`yin namoyish etib kelayotgan ushbu posbon 2018 yilgi mavsumni ham ko`tarinki ruhda o`tkaza oldi va "Lokomotiv"ning navbatdagi chempionlikni tantana qilishini ta`minlagan asosiy etakchilardan biri bo`ldi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb