Professional Futbol Ligasi 14 dekabr kuni ortda qolayotgan Yilning eng yaxshilarini taqdirlaydi.
Yil yakunlariga bag`ishlab o`tkaziladigan tantanali marosimda 2018 yilgi mavsumda kiritilgan eng chiroyli gol muallifiga ham maxsus sovrin topshiriladi. Quyida e`tiboringizga Yilning eng chiroyli goli bo`lish uchun nomzodlarni havola etamiz.
Azizbek Haydarov – (“Bunyodkor” – “Lokomotiv” o`yinida)
Igor Yelich – (“Lokomotiv” – “Paxtakor” o`yinida)
San`at Shixov – (“Buxoro” – “Metallurg” o`yinida)
Sherzod Hakimov – (“Bunyodkor” – “Neftchi” o`yinida)
Ivan Nagaev – (“Qizilqum” – “AGMK” o`yinida)
So`rovnomada ishtirok eting. Sizningcha, Yilning eng chiroyli goliga qaysi futbolchi mualliflik qildi. PFL saytida o`tkazilayotgan ovoz berishda qatnashing. Eng ko`p ovoz to`playdigan gol muallifi 14 dekabr kuni Yilning eng chiroyli goli uchun beriladigan mukofotni qabul qilib oladi.