Noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi – Andrey Fyodorov

Xabaringiz bor, O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oy eng yaxshilarni aniqlab keldi.

Tashkil etilgan so`rovnomada PEPSI  Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etib kelishdi. Shuningdek, muxlislar ovozi PFL rasmiy saytida bo`ladigan so`rovnoma orqali qabul qilindi. 

Mana Superliganing 2018 yilgi mavsumi ham yakuniga etdi. Ortda qolgan noyabr oyida Superligada 28-29-30-31-32-tur uchrashuvlari o`tkazildi. Mazkur uchrashuvlarda bir qator mutaxassislar qo`l ostidagi jamoalar chiroyli o`yin namoyish etib, ko`pchilikning e`tirofiga sazovor bo`lishdi. Jumladan, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi chempionatning oxirini ham yuqori darajada o`tkazishida “temiryo`lchilar” jamoasi ustozi Andrey Fyodorovning xizmati ulkan bo`lganini qayd etish joiz. “Lokomotiv” ortda qolgan oyda 5ta o`yin o`tkazib, 4ta g`alaba va 1ta durang qayd etdi. Jamoa mavsum so`nggida Superliga chempionligini tantana qildi. Mavsumni u qadar muvaffaqiyatli boshlay olmagan “Lokomoitiv”ni Fyodorov yil oxiriga kelib chempionlikka etaklay oldi. 

Shu tariqa, noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deya Andrey Fyodorov topildi. U so`rovnomada No``mon Xasanov hamda Ro`ziqul Berdievni ortda qoldirib ketdi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb