Noyabr oyining eng yaxshi darvozaboni – Ignatiy Nesterov

Xabaringiz bor, O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oy eng yaxshilarni aniqlab keldi.

Tashkil etilgan so`rovnomada PEPSI  Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etib kelishdi. Shuningdek, muxlislar ovozi PFL rasmiy saytida bo`ladigan so`rovnoma orqali qabul qilindi. 

Mana Superliganing 2018 yilgi mavsumi ham yakuniga etdi. Ortda qolgan noyabr oyida Superligada 28-29-30-31-32-tur uchrashuvlari o`tkazildi. Mazkur uchrashuvlarda bir qator darvozabonlar ishonchli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`ldi. Qolaversa, jamoasining muhim ochkolar qo`lga kiritishida xissa qo`shishdi. 

Noyabr oyining eng yaxshi darvozabonini aniqlash uchun o`tkazilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra, “Lokomotiv” jamoasi posboni – Ignatiy Nesterov eng ko`p ochko to`pladi. Milliy terma jamoamiz darvozaboni o`tgan oyda 4ta o`yinda “temiryo`lchilar” darvozasini qo`riqlab, ulardan 2tasini quruq o`tkazdi, ya`ni o`z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi. Shu tariqa, Superliga jamoalari murabbiylari, sardorlari va futbol muxlislari o`rtasida tashkil etilgan so`rovnoma natijalari aynan Nesterovni noyabr oyining eng yaxshi darvozaboni deya e`tirof etdi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb