Noyabr oyining eng chiroyli goli muallifi – Azizbek Haydarov

Xabaringiz bor, O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oy eng yaxshilarni aniqlab keldi.

Tashkil etilgan so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etib kelishdi. Shuningdek, muxlislar ovozi PFL rasmiy saytida bo`ladigan so`rovnoma orqali qabul qilindi.

Mana Superliganing 2018 yilgi mavsumi ham yakuniga etdi. Ortda qolgan noyabr oyida Superligada 28-29-30-31-32-tur uchrashuvlari o`tkazildi. Mazkur uchrashuvlarda bir qator futbolchilar chiroyli tarzda raqib darvozasini ishg`ol etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`ldi.  

Noyabr oyining eng chiroyli golini aniqlash uchun o`tkazilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra, “Bunyodkor” jamoasi a`zosi Azizbek Haydarov tomonidan “Lokomotiv” jamoasi darvozasiga kiritilgan super-gol eng ko`p ochko jamg`ardi. Ovoz berish jarayonida Azizbek Haydarov Igor Yelich hamda Oybek Nurmatovni katta farq bilan ortda qoldirishga muvaffaq bo`ldi. 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb