
“O`FA va O`zPFL tomonidan o`tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini litsenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo`yicha reglament” ishlab chiqilgani va uning O`FA Ijroqo`mi byurosi tomonidan tasdiqlangani haqida xabaringiz bor.
Ta`kidlanganidek, PFL mazkur reglament asosida futbol klublarini kelasi mavsum uchun tayyorlab boradi.
Ishchi guruh bugun dastlab, Buxoroga tashrif buyurdi va “Buxoro” futbol klubidagishart-sharoitlarni monitoring qildi.
Ta`kidlash lozim, ayni damda klubdagi sharoit qoniqarli darajada emas va klub hozirdan kelasi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlamasa, unga jiddiy choralar qo`llanilishi ham mumkin.
“Buxoro” futbol klubida qilingan monitoring bo`yicha xulosalar:
- Stadion maysasi qoniqarsiz holatda va klub uni yaxshilash haqida hali PFLga reja taqdim qilmadi;
- Stadion tribunalari talabga javob bermaydi. VIP hamda CIP toifasidagi tribunalar yangilanishi talab etiladi. Shuningdek, stadion media tribunasi talab darajasida emas va OAV xodimlari uchun sharoit qoniqarsiz;
- Klub marketing va media sohalarida kamchiliklar mavjud va klub ushbu shtatlarga malakali mutaxassislarni jalb etishi uchun harakat qilishi lozim;
- Klubda faoliyat yuritadiganshtatlar masalasi qoniqarsiz va bu borada PFL monitoring guruhi “Buxoro”ga ushbu masalani qaytadan ko`rib chiqishini maslahat berdi.