O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi.
Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etib kelishmoqda. Shuningdek, muxlislar ovozi PFL rasmiy saytida bo`ladigan so`rovnoma orqali qabul qilinadi.
Ortda qolgan noyabr oyida PEPSI Superligada 28-29-30-31-32-tur uchrashuvlari o`tkazildi.
Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator futbolchilar ajoyib o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo`ldi. Qolaversa, jamoalariga muhim ochkolarni qo`lga kiritishda ko`mak berishdi.
Noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo`lish uchun nomzodlar:
|
Nomzod |
Klub |
Erishdi |
№ |
|
Tiago Bezerra |
“Paxtakor” |
5ta o`yin, 6ta gol |
|
|
Azizbek Haydarov |
“Bunyodkor” |
5ta o`yin, 2ta gol |
|
|
Marat Bikmaev |
“Lokomotiv” |
5ta o`yin, 3ta gol |
|
|
Anzur Ismoilov |
“Lokomotiv” |
5ta o`yin, 2ta gol, 3ta quruq o`yin |
|
|
Murod Xolmuhammedov |
“Qo`qon-1912” |
5ta o`yin, 3ta gol, 2ta quruq o`yin |
|