O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi.
Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etib kelishmoqda. Shuningdek, muxlislar ovozi PFL rasmiy saytida bo`ladigan so`rovnoma orqali qabul qilinadi.
Ortda qolgan noyabr oyida PEPSI Superligada 28-29-30-31-32-tur uchrashuvlari o`tkazildi. Mazkur uchrashuvlarda bir qator darvozabonlar ishonchli o`yin namoyish etib, jamoasiga yordam berishdi.
Noyabr oyining eng yaxshi darvozaboni bo`lish uchun nomzodlar:
|
Nomzod |
Klub |
Erishdi |
№ |
|
Ignatiy Nesterov |
“Lokomotiv” |
4ta o`yin, 2ta quruq o`yin, 3 ta seyv |
|
|
O`tkir Yusupov |
“Qo`qon-1912” |
5ta o`yin, 2ta quruq o`yin, 4 ta seyv |
|
|
Akbar To`raev |
“Navbahor” |
5ta o`yin, 2ta quruq o`yin, 3 ta seyv |
|