O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi.
Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etib kelishmoqda. Shuningdek, muxlislar ovozi PFL rasmiy saytida bo`ladigan so`rovnoma orqali qabul qilinadi.
Ortda qolgan noyabr oyida PEPSI Superligada 28-29-30-31-32-tur uchrashuvlari o`tkazildi. Mazkur uchrashuvlarda bir qator jamoalar chiroyli o`yin namoyish etib, o`z ishqibozlarini xushnud etishdi. Bunda jamoalar ustozlarining xizmatlari ham katta bo`lganini qayd etish joiz.
Noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo`lish uchun nomzodlar:
|
Nomzod |
Klub |
Erishdi |
№ |
|
Andrey Fyodorov |
“Lokomotiv” |
5ta o`yin, 4ta g`alaba, 1ta durang |
|
|
No``mon Hasanov |
“Qo`qon-1912” |
5ta o`yin, 3ta g`alaba, 2ta durang |
|
|
Ro`ziqul Berdiev |
“Nasaf” |
5ta o`yin, 2ta g`alaba, 2ta durang, 1ta mag`lubiyat |
|
|
Andrey Kanchelskis |
“Navbahor” |
5 ta o`yin, 2ta g`alaba, 1ta durang, 2ta mag`lubiyat |
|