PFLning maxsus ishchi-guruhi Superliga va Pro liga klublarini litsenziyalash talablari ijrosi bo`yicha monitoringdan o`tkazadi

“O`FA va O`zPFL tomonidan o`tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini litsenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo`yicha reglament” ishlab chiqilgani va uning O`FA Ijroqo`mi byurosi tomonidan tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

Ta`kidlanganidek, PFL mazkur reglament asosida futbol klublarini kelasi mavsum uchun tayyorlab boradi. Ayni paytda Superliga va Pro ligada ishtirok etuvchi klublarga litsenziyalash talablari haqida atroflicha ma`lumot berish, ulardan ushbu jarayonni muvaffaqiyatli yakunlash, Superliga yoki Pro ligada ishtirok etish uchun qo`yiladigan talablar borasida yanada to`liq axborot berish, aynan qanday jihatlarga e`tibor qaratish lozim ekani, klub tizimi yoki ichki infratuzilmasi bo`yicha tuzatish yoki yaxshilash zarur bo`lgan masalalarini muhokama etish maqsadida bugun, 4 dekabrdan boshlab O`zPFLning maxsus monitoring ishchi-guruhi Superliga va Pro liga klublariga tashrif buyurishni boshlaydi. 

Monitoring ishchi-guruhi dastlab “So`g`diyona”, “Dinamo”, “Sho`rtan”, “Mash`al”, “Buxoro” va “Qizilqum” klublariga tashrif buyurib, mazkur klublarning yaqin kelajak rejalari, oldinda amalga oshirilishi mo`ljallangan loyihalar, va umuman litsenziyalash talablari qay tarzda bajarilayotgani bo`yicha monitoringdan o`tkazadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb