“Qo`qon-1912”ning uy stadionida ta`mirlash ishlari boshlandi

Avvalroq xabar qilinganidek, “Qo`qon-1912” klubi stadionidagi kamchiliklar borasida klub tayyorgarlikni boshlagan edi. Bugun stadionda maydonni yaxshilash uchun tayyorgarlik ishlari start oldi.

Klub prezidenti Baxtiyor Tolipovning O`zPFL rasmiy sayti bilan suhbatda ta`kidlaganidek, stadionda dastlab chim almashtiriladi. Shuningdek, tribunalar ham ta`mirlanadi. Hozirda klub stadioni maysasi talabga javob bermaydi va klub bu borada Professional Futbol Ligasi tomonidan ogohlantirilgan. Aynan shu bois, klub chim sifatini yaxshilash uchun tayyorgarlik rejasini tasdiqladi.

Dastlab, stadion chimi zamonaviy talablarga javob beradigan standartlar asosida yaxshilanishi uchun stadionda ishchi guruh ish boshlab yubordi. Rejaga ko`ra, klub yangi mavsum uchun infratuzilma talablari asosida ish olib boradi. 

Ta`kidlash lozim, klub Professional Futbol Ligasini olib borilayotgan ishlar borasida doimiy tarzda xabardor qilib borishi belgilangan.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb