
Ayollar futboli bo`yicha bu yil 17-marta O`zbekiston Kubogi bahslari o`tkazildi.
Bugun kubok bellashuvlarining hal qiluvchi o`yini bo`lib o`tdi. Unda Qarshining “Sevinch” jamoasi futbolchi qizlari “So`g`diyona-W”ni 3 ta to`p farqi bilan mag`lub etib, o`z tarixida 10-marta mamlakat kubogini qo`lga kiritdi.
“Sevinch” klubi o`z tarixida 10 karra O`zbekiston Kubogi sohibi (2005, 2006, 2007, 2008, 2010, 2011, 2012, 2013, 2016 va 2018 yillar) bo`ldi.
XVII O`zbekiston Kubogi. Final
Olmaliq. OKMK stadioni. 158 tomoshabin.
“SEVINCh” - “SO`G`DIYoNA W” 3:0
Gollar: Shaxnoza Qurbonova (37), Nilufar Qudratova (43, 58)
Hakamlar: Edita Mirobidova, Xayriniso Erkinova, Aleksandra Konchikova, Anna Sidorova.
Nazoratchi: Valentin Shashkov.
Komissar: Alisher Fayziev.
“Sevinch”: Laylo Tilavova, Feruza Boboxo`jaeva (Shodiya Tosheva, 63), Oliya Axmedova, Maftuna Shoyimova, Gulzoda Amirova, Shaxnoza Qurbonova, Tanzilya Zarbieva, Maftuna Panjieva, Laylo Shodieva, Malika Burxonova, Nilufar Qudratova.
“So`g`diyona W”: Mohinur Husenova, Lidiya Tsema, Nasiba Hojieva, Aziza Norova, Maxfuza Turopova (Zebiniso Xalimova, 78), Sitora Taqaboeva (Dinara Payziqulova, 85), Aziza Norboeva (Dilafruz Toshpo`latova, 89), Ekaterina Salnikova, Nafisa Nabiqulova, Shaxlo Qodirova, Albina Boboqulova (Maxliyo Nazarqulova, 80).
Ogohlantirishlar: Maxfuza Turopova (69), Aziza Norova (80).
Ayollar o`rtasida O`zbekiston Kubogi sohiblari:
2002 yil – “Andijanka” (Andijon)
2003 yil – “Andijanka” (Andijon)
2004 yil – “Andijanka” (Andijon)
2005 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2006 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2007 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2008 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2009 yil – “Andijanka” (Andijon)
2010 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2011 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2012 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2013 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2014 yil – “Metallurg W” (Bekobod)
2015 yil – “Metallurg W” (Bekobod)
2016 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2017 yil – “Metallurg W” (Bekobod)
2018 yil – “Sevinch” (Qarshi)