Pro liga hamda PEPSI Superligada 2018 yilgi mavsum o`z nihoyasiga etdi. Endi Superligada quyi o`rinlarni egallagan va Pro ligada yuqori o`rinlardan joy olgan jamoalar o`rtasida kelasi mavsumda Superligada ishtirok etish imkonini beradigan 2 ta yo`llanma uchun o`tish o`yinlari bo`lib o`tadi.
"Mash`al" Superligada 11-o`rinni egallagan “So`g`diyona” jamoasiga qarshi pley-off bahsida maydonga tushsa, “Istiqlol” Superligada 10-o`rindan joy olgan AGMK jamoasiga qarshi pley-off o`yinida Superliga yo`llanmasi uchun bahs olib boradi.
Ushbu uchrashuvlar oldin xabar berganimizdek, 3-4 dekabr kunlari o`tkaziladi. “So`g`diyona” – “Mash`al” bahsiga “Paxtakor” stadioni mezbonlik qiladigan bo`ldi. AGMK – “Istiqlol” o`yini esa “Lokomotiv” stadionida bo`lib o`tadi. Pley-off uchrashuvlari uchun ayni paytda yurtimizda eng yaxshi holatdagi maydonga ega bo`lib turgan stadionlar tanlandi.
PLEY-OFF
3 dekabr, dushanba, 14:00
Toshkent. “Paxtakor” stadioni
“So`g`diyona” – “Mash`al”
4 dekabr, seshanba, 14:00
Toshkent. “Lokomotiv” stadioni
AGMK – “Istiqlol”