Marat Bikmaevning xunuk xatti-harakatini Tartib-intizom qo`mitasi ko`rib chiqadi

Kecha PEPSI Superliga 31-tur uchrashuvlari doirasida “Lokomotiv” jamoasi o`z maydonida “Paxtakor”ga qarshi bahs olib borib, 3:2 hisobida g`alabaga erishdi va navbatdagi chempionlikni tantana qildi. 

Uchrashuv vaqtida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Marat Bikmaev tomonidan odob-ahloq qoidalariga mos kelmaydigan xatti-harakat amalga oshirildi. O`yinchi butun o`zbek futboli jamoatchiligi diqqat-markazida turgan uchrashuv vaqtida qo`li bilan xunuk harakat ko`rsatdi va bu holat o`yinni tomosha qilayotgan ko`psonli ishqibozlar tomonidan salbiy qabul qilindi. Mazkur xunuk xatti-harakat raqib jamoa muxlislari tomon qaratilgan bo`lishi ham mumkin.  

Professional futbol ligasi Marat Bikmaev tomonidan amalga oshirilgan ushbu harakatni inobatga olib qo`ydi. Tez orada Tartib-intizom qo`mitasi ushbu holatni atroflicha o`rganib chiqadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb