Bugun Pro-Liga A guruhida 2-o`rinni egallagan “Mash`al” hamda Pro-Liga B guruhidagi ikkinchi o`rin sohibi “Sherdor” klublari o`rtasida pley-off uchrashuvi bo`lib o`tadi.
Ushbu uchrashuvga Toshkent viloyatining “Do`stlik” stadioni mezbonlik qilishi haqida xabar berilgan edi. Eslatib o`tamiz, ushbu uchrashuv g`olibi Superligada 11-o`rinni egallagan jamoaga qarshi pley-off bahsida maydonga tushadi.
Pley-off uchrashuvi.
26 noyabr
Toshkent viloyati, “Do`stlik” stadioni, soat 14:00
“Mash`al” (Muborak) – “Sherdor” (Samarqand)
Hakamlar: Sh. Nasibullaev, Sh. Maqsudov, O. Kalaxo`jaev, J. Muxtorov.
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Laziz Qo`chqorov