Habaringiz bor, bugun PEPSI Superligasi 31-turi 23 noyabrda “Qizilqum” – “Neftchi” o`yini bilan start oladi. “Qizilqum” 30 ochko to`plab, quyi 6-talikda ikkinchi o`rinni egallab turibdi. “Neftchi” esa 17 ochko to`plab, ohirgi ikki turda 6 ochko to`plagan taqdirda ham, keyingi mavsumni Pro ligada o`tkazishi oydinlashdi: o`zaro o`yinlar bo`yicha hozir 10 va 11-o`rinlarni egallab turgan AGMK va “Nasaf” jamoalariga “Neftchi” imkoniyatni boy bergan.
“Bunyodkor” – “Metallurg” uchrashuvi 24 noyabr 14:00 da bo`lib o`tadi.
“Qo`qon-1912” – “So`g`diyona”, “Nasaf” – AGMK va “Buxoro” – “Navbahor” uchrashuvlari 25 noyabr kuni bir vaqtda, ya`ni 15:00 da boshlanadi. “Qo`qon-1912”, AGMK va “So`g`diyona” PEPSI Superliga 9-o`rinini egallash uchun har uchchala jamoaning ham imkoniyati bor. 10 va 11-o`rinlarni egallagan jamoalar Pro liganing “Istiqlol” – “Nurafshon” va“Mash`al” – “Sherdor” juftliklari g`oliblari bilan Superligada qolish uchun kuch sinashishadi.
Turning markaziy o`yini “Lokomotiv” – “Paxtakor” 26 noyabr kuni bo`lib o`tadi. Ushbu o`yinda PEPSI Superliga-2018 chempioni aniqlanishi mumkin. Agar “Lokomotiv” “Paxtakor” ustidan g`alaba qozonsa yoki durrang qayd etsa, chempionat tugashiga bir tur qolganda “Lokomotiv” jamoasi chempionlikni qo`lga kiritadi.