Futbol klublarini litsenziyalash: Akademiyalar bo`yicha talab

Professional futbol ligasi kelgusi mavsum uchun harakatni rasman boshladi. Bir necha kun avval “O`FA va O`zPFL tomonidan o`tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini litsenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo`yicha reglament” ishlab chiqilgandi.Endi esa ushbu reglament O`FA Ijroqo`mi byurosi tomonidan tasdiqlandi.

Mazkur reglamentdagi e`tiborga molik jihatlar haqida bosqichma-bosqich ma`lumot berib borilishi haqida avvalroq xabar bergan edik. Dastlab, klublarni litsenziyalash reglamenti Sport mezonlari, aniqrog`i klublarga shartli qilib belgilangan ba`zi tamoyillar haqida ma`lumot beriladi.

Quyida, klublarni litsenziyalash reglamentining asosiy jarayonlaridan biri -  Sport mezonlari haqida axborot olish mumkin.

SPORT MEZONLARI. Superliga klublari uchun

     

 

 

Daraja

Tushuntirish

 

S.01

 

A

 

Ayollar futboli va futzal jamoalarini qo`llab-quvvatlash maqsadida

 

— Litsenziya talabgori O`FA va PFL tasarrufidagi musobaqalarda ishtirok etadigan o`zining futzal jamoasiga ega bo`lishi va mazkur jamoaning yillik ish rejasini ishlab chiqishi kerak;

 

— Viloyatning bosh jamoasi sifatida musobaqalarda ishtirok etayotgan litsenziya talabgori (poytaxt klublarining har biri uchun majburiy) ayollar futbol jamoasiga ega bo`lishi va uning ayollar chempionatidagi ishtirokini ta`minlashi kerak (viloyatning bosh jamoasi kim ekanini viloyat hokimiyati aniqlab beradi).

 

 

S.01

 

B

 

— Litsenziya talabgori (agar u viloyatning bosh jamoasi bo`lmasa) ayollar futbol jamoasiga ega bo`lishi kerak;

 

Sanktsiya: Agar mazkur majburiyat litsenziya talabgori tomonidan bajarilmasa, talabgor viloyatning bosh jamoasi bilan kelishgan holda ayollar jamoasining yillik xarajatlarini teng miqdorda ko`taradi. Va bu bo`yicha tegishli shartnoma va mablag`ning o`tkazilganligi bo`yicha to`lov kvitantsiyalarini topshiradi.

 

 

S.01

 

C

 

— Har bir professional futbol klubi o`zining ayollar futbol jamoasiga ega bo`lishi kerak.

 

Daraja

Tushuntirish

 

S.02

 

A

 

Yoshlar va o`smirlar futbolini rivojlantirishni tashkil etish tizimi 

 

— Litsenziya talabgori U21 jamoasiga ega bo`lishi kerak (hozirgi Yoshlar ligasining o`rnida).

— Litsenziya talabgori o`zining futbol akademiyasida eng kamida 7 ta yosh toifasidagi o`smirlar va yoshlar jamoalariga ega bo`lishi kerak (U11, U12, U13, U14, U15, U16, U17-18). Mazkur talabni litsenziyalash yakuniga qadar taqdim eta olmaydigan klublarga PFL tomonidan qo`shimcha talablar va O`FA tomonidan qo`shimcha takliflar kiritiladi.

 

— Yuqorida ko`rsatilgan jamoalarning har birida minimum 18 (eng ko`pida 22 ta) nafardan futbolchi ro`yxatdan o`tgan bo`lishi kerak.


— Ushbu jamoalarning har biri O`FA va PFL tasarrufidagi musobaqalarda yoki xududiy turnirlarda ishtirok etishi kerak.


— Akademiyaning eng katta yosh jamoasi (U17-18) PFLning U18 jamoalari o`rtasidagi chempionatida to`p surishi shart.

 

 

S.02

 

B

 

— Litsenziya talabgori eng kamida 2 ta yosh toifasidagi bolalar jamoalariga (futbol maktabiga) ega bo`lishi kerak (U9, U10).

 

Sanktsiya: Klub qoshida futbol maktabi uchun 1 ta 40x20 mini-futbol maydonchasi qurish kerak.
 

 

S.02

 

C

 

Litsenziya talabgori eng kamida 7 ta yosh toifasidagi bolalar jamoalariga (futbol maktabiga) ega bo`lishi kerak (U4, U5, U6, U7, U8, U9, U10).

 

Daraja

Tushuntirish

 

S.03

 

A

 

Yoshlar, o`smirlar va bolalar futbolini rivojlantirish dasturi 

 

— Litsenziya talabgori yozma ko`rinishda yoshlar futbolini rivojlantirishga mo`ljallangan dastur ishlab chiqishi va bu dastur litsenziya beruvchi tomonidan tasdiqlangan bo`lishi kerak. Ushbu dastur eng kamida quyidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oladi:

 

a) Yoshlar futbolini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari;

b) O`yin falsafasini rivojlantirishga qaratilgan dastur ishlab chiqish (texnika, taktika, jismoniy yuklamalar, nazariy bilimlar, futbol qoidalarini o`rgatuvchi dasturlar, futbolga yo`naltirilmagan, ammo futbolchilar uchun foydali bo`lgan qo`shimcha ta`lim dasturlari, dasturning qanday ishlayotganini aniqlab beruvchi monitoring va baholash tizimi).

v) Yosh futbolchilarga tibbiy xizmat ko`rsatish sharoitini yaratish;

g) Tegishli malakaga ega bo`lgan xodimlar (texnik, tibbiy, ma`muriy va hokazo);

d) Mashg`ulotlar, futbol uchrashuvlari va boshqa tadbirlarni o`tkazish uchun zaruriy infratuzilma.

e) Mazkur jamoalarning har biri uchun futbolchilarning yoshidan kelib chiqib, alohida individual dasturlar tuzilgan bo`lishi kerak.

j) Mavsum davomida ishtirok etadigan musobaqalar uchun taqvim rejasi.

 

— Litsenziya talabgori kelajakda yoshlar futbolini rivojlantirish dasturi asosida klubdagi yosh futbolchilarning majburiy ta`lim olishlariga ko`maklashishi va qo`shimcha ta`lim fanlarini o`qitish tizimini yo`lga qo`yishi kerak. Har bir yosh futbolchi O`zbekistonning amaldagi qonunchiliga muvofiq umumta`lim maktablarida va boshqa ta`lim muassalarida ta`lim olishi kerak, klub bunga sharoit yaratib berishga mas`ul.

   

 

S.03

 

B

 

Yoshlar, o`smirlar va bolalar futboliga javobgar bo`lgan mutaxassislar, murabbiylar eng kamida yilda bir marta O`FA hamda PFL bilan hamkorlikda futboli taraqqiy etgan mamlakatlar klublarining akademiyalari faoliyatini o`rganish uchun yuborilishi kerak (seminarda ishtirok etgan mutaxassis akademiya tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv o`tkazishi va o`zi borgan xorijiy futbol akademiyasining qay jihatlarini o`z akademiyasiga singdirgani borasida litsenziya beruvchiga yozma hisobot taqdim etishi kerak).

 

Sanktsiya: Mintaqada PFL talabi bo`yicha aytilgan yosh toifasidagi bolalar o`rtasida futbol musobaqasi tashkil etish.    

 

 

S.03

 

C

— Litsenziya talabgori tomonidan tashkil etilgan futbol akademiyasida xorijiy tajribali futbol mutaxassislarining faoliyat olib borishi maqsadga muvofiqdir. 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb