O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi.
Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida bo`ladigan so`rovnoma orqali qabul qilindi.
Ortda qolgan oktyabr oyida PEPSI Superligada 25-28-tur uchrashuvlari, shuningdek, O`zbekiston kubogi-2018 final uchrashuvi o`tkazildi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator futbolchilar raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg`ol etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo`lishdi.
Tanlab olingan eng sara gollar ichidan Xurshid Muxtorov AGMK – “Nasaf” uchrashuvida olmaliqliklar darvozasiga kiritgan goli ovoz berish yakunlariga ko`ra eng ko`p ochko jamg`ardi.