O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi.
Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi PFL rasmiy sayti (www.PFL.uz)da o`tkazilgan so`rovnoma orqali qabul qilindi.
Ortda qolgan oktyabr oyida PEPSI Superligada 25-28-tur uchrashuvlari, shuningdek, O`zbekiston kubogi final uchrashuvi o`tkazildi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar barqarorlik namoyish etishdi. Bunda jamoalar ustozlarining xissasini alohida e`tirof etish joiz.
O`tkazilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra, eng ko`p ovoz yig`ganmurabbiy Andrey Fyodorov bo`ldi. "Lokomotiv" murabbiyi bu borada Baxtiyor Ashurmatov, Ro`ziqul Beridev hamda Sergey Lushchanni ortda qoldirib, oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olindi.