O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi.
Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy sayti (www.PFL.uz)da tashkil etilgan so`rovnoma orqali qabul qilindi.
Ortda qolganoktyabr oyida PEPSI Superligada 25-28-tur uchrashuvlari, shuningdek, O`zbekiston kubogi-2018 finaluchrashuvi o`tkazildi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator darvozabonlar ishonchli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo`lishdi.
O`tkazilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra, eng ko`p ovoz yig`gan Ignatiy Nesterov oktyabr oyining eng yaxshi darvozaboni deb topildi. “Kuchli uchlik”dan Sanjar Quvvatov hamda Akbar To`raev o`rin olishdi.