Pro-Liga “B” guruhida ishtirok etuvchi Oltiariqning “Iftihor” futbol klubi bugungi 36-tur doirasidagi uchrashuvda o`z maydonida Toshkent viloyatining “Nurafshon” futbol klubiga qarshi maydonga tushishi kerak edi.
Ammo, mezbon jamoaning uchrashuvga kelmagani, reglament asosida uchrashuv rasmiylarini kutib olmagani, shuningdek, Tartib-intizom kodeksi 5-bob, 5.3 hamda 5.8 moddalari asosida “Iftihor” futbol klubiga ushbu uchrashuvda texnik mag`lubiyat yozildi.
Toshkent viloyatining “Nurafshon” futbol klubiga 36-turda texnik g`alaba yozildi.
Ta`kidlash lozim, O`zbekiston Professional Futbol Ligasi Pro-Ligada ishtirok etuvchi “Iftihor” futbol klubini stadion infratuzilmasi, shuningdek, klubdagi kamchiliklar uchun ogohlantirgan edi. Ammo, klub mutasaddilari ushbu ogohlantirishlardan xulosa qilmay, 36-turda mehmon jamoaga xurmatsizlik ko`rsatdi va uchrashuvga tashrif buyurmadi. Shuningdek, reglament asosida uchrashuvga 90 daqiqa qolganida mahalliy IIB hamda Tez yordam xodimlari kelmaganini, uchrashuv akti qilinmaganini ta`kidlash lozim. Aynan mana shu holatlar inobatga olinib, “Iftihor” FKga uchrashuvda texnik mag`lubiyat yozildi.