
Bugun, 18 noyabr kuni “Poytaxt” biznes markazida futboldagi funktsional va huquqiy masalalar bo`yicha seminar bo`lib o`tdi. Seminarda O`zbekiston Superligasi va Pro-Liga jamoalari a`zolari hamda Toshkentning bir necha universitetlari vakillari qatnashishda.
Seminarni O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi Bosh kotibi Sardor Rahmatullaev va Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon Gafurov kirish so`zlari bilan boshlab berishdi.
Spikerlar sifatida taklif qilingan Rossiya futbol Ittifoqi vakillari Rogachev Denis Igorevich, RFI Prezidentining huquqiy masalalar bo`yicha maslahatchisi, Lyaxov Konstantin Olegovich, MFLning huquqiy va umumiy masalalar bo`yicha direktori, RFIning bahsli vaziyatlarni echish bo`yicha RFI palatasi raisi o`rinbosari va Zamorin Daniil Andreevich,RFI tartib-intizom qo`mitasi mas`ul kotibi, RFI Apellyatsiya qo`mitasi mas`ul kotibi Rossiya Ittifoqi futbol klublari litsenzilashtirish qoidalari, bahsli vaziyatlarni echish bo`yicha RFI palatasi ishlash tizimi va faoliyati tahlili, Lozannadagi Sport arbitraj sudi (CAS)ishlash tahlili bilan seminar qatnashchilariga gapirib berishdi.
Kunning ikkinchi yarmida taklif qilingan spikerlar FIFAning bahsli vaziyatlarni echish bo`yicha Palatasi va milliy palatasi yurisdiktsiyasi, FIFAning bahsli vaziyatlarni echish bo`yicha Palatasining qarorlariga amal qilmaslik uchun sanktsiyalar haqida gapirib berdilar.
Seminar suhbat tarzida bo`lib o`tdi.