Oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz bering

O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi. 

Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida bo`ladigan so`rovnoma orqali qabul qilinadi.

Ortda qolgan oktyabr oyida PEPSI Superligada 25-26-27-tur uchrashuvlari, shuningdek, O`zbekiston kubogi-2018 final o`yini o`tkazildi.

Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator futbolchilar ajoyib o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo`ldi. Qolaversa, jamoalariga muhim ochkolarni qo`lga kiritishda ko`mak berishdi.

 

Oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo`lish uchun nomzodlar:

 

Nomzod

Klub

Erishdi

Bobir Abduxoliqov

Nasaf

3 ta o`yin, 5 ta gol

 

Yovan Jokich

AGMK

4 ta o`yin, 2 ta gol

 

Marat Bikmaev

Lokomotiv

3 ta o`yin, 2 ta gol, 1 ta golli pas

 

Farrux Sayfiev

Paxtakor

4 ta o`yin, 2 ta gol

 

 

Oyning eng yaxshilariga PFL rasmiy sayti - www.PFL.uzda ovoz berishingiz mumkin

 

 
mib
uzcard
cola
apex
bmb