O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi.
Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida bo`ladigan so`rovnoma orqali qabul qilinadi.
Ortda qolgan oktyabr oyida PEPSI Superligada 25-26-27-tur uchrashuvlari, shuningdek, O`zbekiston kubogi-2018 final o`yini o`tkazildi.
Mazkur uchrashuvlarda bir qator jamoalar chiroyli o`yin namoyish etib, o`z ishqibozlarini xushnud etishdi. Bunda jamoalar ustozlarining xizmatlari ham katta bo`lganini qayd etish joiz.
Oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo`lish uchun nomzodlar:
|
Nomzod |
Klub |
Erishdi |
№ |
|
Andrey Fyodorov |
Lokomotiv |
3 ta o`yin, 3 ta g`alaba |
|
|
Ro`ziqul Berdiev |
Nasaf |
3 ta o`yin, 3 ta g`alaba |
|
|
Sergey Lushchan |
So`g`diyona |
3 ta o`yin, 2 ta g`alaba, 1 ta mag`lubiyat |
|
|
Baxtiyor Ashurmatov |
AGMK |
4 ta o`yin, 2 ta g`alaba, 2 ta mag`lubiyat |
|