O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi.
Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida bo`ladigan so`rovnoma orqali qabul qilinadi.
Ortda qolgan oktyabr oyida PEPSI Superligada 25-26-27-tur uchrashuvlari, shuningdek, O`zbekiston kubogi-2018 final o`yini o`tkazildi.
Mazkur uchrashuvlarda bir qator darvozabonlar ishonchli o`yin namoyish etib, jamoasiga yordam berishdi.
Oktyabr oyining eng yaxshi darvozaboni bo`lish uchun nomzodlar:
|
Nomzod |
Klub |
Erishdi |
№ |
|
Sanjar Quvvatov |
Nasaf |
3 ta o`yin, 2 ta quruq o`yin, 4 seyv |
|
|
Milan Mitrovich |
So`g`diyona |
3 ta o`yin, 2 ta quruq o`yin, 2 seyv |
|
|
Ignatiy Nesterov |
Lokomotiv |
3 ta o`yin, 1 ta quruq o`yin, 4 seyv |
|
|
Akbar To`raev |
Navbahor |
2 ta o`yin, 1 ta quruq o`yin, 4 seyv |
|