O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi.
Mazkur so`rovnomada PEPSISuperliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida bo`ladigan so`rovnoma orqali qabul qilinadi.
Ortda qolgan oktyabr oyida PEPSISuperligada 25-26-27-tur uchrashuvlari, shuningdek, O`zbekiston kubogi-2018 final o`yini o`tkazildi. Mazkur uchrashuvlarda bir qator futbolchilar chiroyli tarzda raqib darvozasini ishg`ol etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`ldi.
Oktyabr oyining eng chiroyli goli muallifi:
|
Nomzod |
Klub |
Qaysi o`yinda? |
№ |
|
Xurshid Muxtorov |
Nasaf |
AGMK – “Nasaf” |
|
|
Shahzod Shaymanov |
Metallurg |
“Metallurg” – “Bunyodkor” |
|
|
Sharof Muhiddinov |
Nasaf |
“Nasaf” – “So`g`diyona” |
|
|
Sardor Mirzaev |
Lokomotiv |
“Paxtakor” – “Lokomotiv” |
|
|
Ivan Nagaev |
Qizilqum |
“Qizilqum” – AGMK |
|
Gollarni PFLning ijtimoiy tarmoqlarida tomosha qilishingiz mumkin.