Ayollar chempionati: Bugun so`nggi tur o`yinlari o`tkaziladi

Bugun futbol bo`yicha ayollar jamoalari o`rtasida o`tkazilayotgan mamlakat chempionatining 2018 yilgi mavsumi o`z nihoyasiga etadi. Soat 14:30da 28-turning barcha uchrashuvlari start oladi.

Diqqatga sazovor jihati shundan iboratki, chempion nomiga aynan oxirgi tur oydinlik kiritib beradi. Hozirda 1-o`rinda borayotgan “Bunyodkor-W” hisobida 72 ochko mavjud. 2-o`rindagi “Sevinch” futbolchi qizlari esa 70 ochko jamg`arishgan. Agar bugun “Bunyodkor” g`alabaga erishsa, o`z tarixida ilk marta O`zbekiston chempioni unvonini qo`lga kiritadi.

12 karra chempion “Sevinch” esa o`zi g`alaba qozonish bilan bir qatorda, “Bunyodkor”ning mag`lub bo`lishini kutishi talab etiladi. Yo`qsa qarshilik qizlar kumush medallarga ega chiqishadi.

3-o`rin sohibi esa allaqachon aniq bo`lib ulgurgan. “Metallurg-W” jamoasi bronza medallarini rasmiylashtirishga erishdi. 

 

 

28-tur

12 noyabr

Metallurg — Sevinch

Hakamlar:  A. Hudoyberganov, K. Sereda, A. Abdullaev, O. Umarov.

Nazoratchi:  M. Ismoilov. 

 

 

Bunyodkor — Sho`rtan

Hakamlar:  A. Sidorova, Sh. Qayumov, S. Hasanboev, F. Yansupov. 

Nazoratchi:  B. Tog`aev. 

 

 

So`g`diyona — AGMK

Hakamlar:  T. Suyunov, H. Erkinova, A. Konchikova, Sh. Fayziev. 

Nazoratchi:  V. Shashkov. 

 

 

Lokomotiv — Paxtakor

Hakamlar:  I. Gormashov, J. Najmiddinov, M. Raxmatqulova, D. Akmalov. 

Nazoratchi:  R. Serazitdinov. 

 

 

Qo`qon-1912 — Qizilqum

Hakamlar:  H. Jumaeva, S. Yo`ldoshev, A. Abduraimov, R. Kopadze. 

Nazoratchi:  S. Najafaliev. 

 

 

Andijanka — Buxoro

Hakamlar:  I. Ismoilov, K. Hasanov, X. O`rolov, M. Mamatxonov.  

Nazoratchi:  F. Hasanov. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb