Professional futbol ligasi klublar hamda Sport telekanali bilan kelishgan holda 30-tur doirasidan o`rin olgan bellashuvlarning boshlanish vaqtini belgiladi.
Juma kuni bo`lib o`tadigan "Lokomotiv" – "Buxoro" uchrashuvi mezbonlarning xavfsizlik masalasi yuzasidan bergan iltimosiga ko`ra soat 17:00ga belgilandi. O`sha kungi qolgan 2 ta o`yin soat 18:00da start oladi. Shanba kungi uchrashuvlar esa odatdagidek biroz ertaroq boshlanadi.
PEPSI Superliga / 30-tur
9 noyabr, juma
“LOKOMOTIV” – “BUXORO” 17.00
“NEFTChI” – “SO`G`DIYoNA” 18.00
AGMK – “QO`QON-1912” 18.00
10 noyabr, shanba
“PAXTAKOR” – “METALLURG” 16.00
“NAVBAHOR” – “BUNYoDKOR” 18.00
“QIZILQUM” – “NASAF” 16.00