Pro-liga 33-turi doirasidagi “Dinamo” – “Istiqlol” uchrashuvi Sport TVda jonli ko`rsatiladi

3-4 noyabr kunlari Pro-ligada 33-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.

Pro-liga bahslari ham sekin-asta o`zining hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqda. Kelasi yili PEPSI Superligaga yo`llanma olish imkonini beradigan o`rinlar uchun kurash juda jiddiy tarzda kechmoqda.

Shu sababdan Professional futbol ligasi Sport telekanali bilan kelishgan holda Pro-liganing muhim uchrashuvlarini TV orqali jonli efirda namoyish etib borish borasida ish olib bormoqda. 

Jumladan, ertaga Pro-liga “A” guruhi doirasidan o`rin olgan “Dinamo” – “Istiqlol” uchrashuvi Sport telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri efirda olib ko`rsatiladi. O`yin soat 15:00da start oladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb