
O`zbekiston kubogi-2018 final bahsi Farg`onadagi "Istiqlol" stadionida bo`lib o`tdi. Unda AGMK va “Paxtakor” o`zaro to`qnash kelishdi. Qiziqarli tarzda kechgan uchrashuvda AGMK 3:1 hisobida zafar quchdi va o`z tarixida ilk marta O`zbekiston kubogi sohibiga aylandi.