
Bugun O`zbekiston Kubogi finalida AGMK va “Paxtakor” jamoalari Farg`onaning “Istiqlol” stadionida kuch sinashdi.
Ushbu final uchrashuvi katta shodiyona tarzida tashkil etildi. O`yin oldidan muxlislar uchun kontsert dasturlari bo`lib o`tdi. Stadionga yig`ilgan ishqibozlar o`yin davomida jamoalarni qizg`in qo`llab-quvvatlab turishdi.
O`yin birinchi 15 daqiqasi tengkurashlar ostida o`tdi. AGMK jamoasi birinchi bo`lib raqib darvozasini ishg`ol etishga muvaffaq bo`ldi: uchrashuvning 18-daqiqasida AGMK futbolchisi Yovan Jokich hisobni penaltidan urgan goli bilan ochdi. Birinchi taymda 1:0 hisobi saqlanib qoldi.
Ikkinchi taymda “Paxtakor” jamoasi hujumchisi Ismoil Gonsalvesh hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning 54-daqiqasida u penaltidan unumli foydalandi. Oradan 3 daqiqa o`tgach AGMK yarim himoyachisi Yovan Jokich raqib darvozasini yana bir bor ishg`ol qilib, o`z jamoasini oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning 90-daqiqasida AGMK futbolchisi Zoxir Pirimov urgan goli o`yinga nuqta qo`ydi. Shiddatli o`tgan final bahsida olmaliqliklar ustun kelib, O`zbekiston Kubogin o`z tarixlarida birinchi bor qo`lga kiritishdi.