FINALGAChA JAMOALAR QANDAY YO`LNI BOSIB O`TDI?

Final uchrashuvining nominal mezboni – AGMK jamoasi hisoblanadi. Olmaliqliklar joriy yilgi kubok bahslaridagi ishtirokni 1/16 final bosqichidan boshlashdi. AGMK ushbu bosqichda Haqqulobodning “Norin” jamoasini 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
1/8 finalda esa AGMKga Qarshining “Nasaf” jamoasi raqiblik qildi. O`z maydonida o`yin o`tkazgan AGMK 2:1 hisobida g`alabaga erishdi.
“Paxtakor” esa kubok bellashuvlariga 1/8 finaldan qo`shildi. Poytaxtliklar ushbu bosqichda Oltiariqning “Iftixor” jamoasini 6 ta to`p farqi bilan mag`lub etishdi.
Chorak finalda esa AGMK “Mash`al”ga qarshi bahs olib borib, yakunda 3:1 hisobida g`alaba qozondi va yarim final yo`llanmasiga ega chiqdi.
“Sherlar” esa yarim finalga chiqish uchun “Lokomotiv” to`sig`idan o`tishlariga to`g`ri keldi. Anchagina shiddatli kechgan bahsda “Paxtakor” 4:0 hisobida zafar quchdi.
Yarim final bosqichida AGMK “Bunyodkor” maydoniga safar uyushtirib, 2:1 hisobida g`alabani rasmiylashtirdi va o`z tarixida birinchi bora O`zbekiston kubogi finalida ishtirok etish imkoniyatini qo`lga kiritdi.
“Paxtakor” bo`lsa yarim finalda “Qo`qon-1912”ni qiyinchiliksiz 5:2 hisobida taslim etishga muvaffaq bo`ldi va hisob bo`yicha 14-bora mamlakat kubogi bosh sovirini uchun hal qiluvchi o`yinda kurash olib borish imkoniyatiga ega bo`ldi.

Ta`kidlab o`tamiz, Mamlakat kubogining hal qiluvchi o`yini, bugun 28 oktyabr kuni Farg`ona shahridagi muhtasham – “Istiqlol” stadionida bo`lib o`tadi. Final uchrashuvi soat 15:00da start oladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb