O`zbekiston kubogi-2018 final bahsi 28 oktyabr kuni soat 15:00da boshlanadi

Anchagina qiziqarli va shiddatli kurashlarga boy tarzda o`tgan O`zbekiston kubogi-2018 yarim final bahslaridan so`ng AGMK hamda “Paxtakor”jamoalari final yo`llanmasini qo`lga kiritishdi.

Mamlakat kubogining hal qiluvchi o`yini 28 oktyabr kuni Farg`ona shahridagi muhtasham – “Istiqlol” stadionida bo`lib o`tadi. Final uchrashuvi soat 15:00da start oladi.

Mazkur o`yinni yuqori saviyada tashkil etishga katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. O`yin oldidan stadionga tashrif buyuradigan muxlislar uchun katta kontsert dasturi tashkil etiladi. 

Ta`kidlash joiz, AGMK jamoasi o`z tarixida ilk marta O`zbekiston kubogi finalida maydonga tushsa, “Paxtakor” o`n to`rtinchi bora final o`yinida qatnashadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb