PEPSI Superliga: Hal qiluvchi bosqichning ilk davra so`nggi tur o`yinlari bir xil vaqtda boshlanadi

23-24 oktyabr kunlari PEPSI Superligada hal qiluvchi bosqich dastlabki davrasi so`nggi turi – 27-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.

Professional futbol ligasi klublar hamda Sport telekanali bilan kelishgan holda tur doirasidan o`rin olgan bellashuvlarning boshlanish vaqtini belgiladi.

Taqvimga ko`ra, kelayotgan tur uchrashuvlari hafta so`nggida emas, balki begim kunlarida o`tkazilayotgani sabab o`yinlarning barchasi soat 18:00da start oladi.

 

27-tur

23 oktyabr, seshanba

“NASAF” – “SO`G`DIYoNA”

“QIZILQUM” – AGMK

“LOKOMOTIV” – “NAVBAHOR”

24 oktyabr, chorshanba

“BUXORO” – “METALLURG”

“BUNYoDKOR” – “PAXTAKOR” 

“QO`QON-1912” – “NEFTChI”

mib
uzcard
cola
apex
bmb