O`zbekiston Professional futbol ligasi Sport boshqarmasi bir necha uchrashuvlar yakuniga ko`ra sariq kartochkalari soni to`rttaga etgan va navbatdagi tur o`yinlarini o`tkazib yuborishi lozim bo`lgan futbolchilar ro`yxatini ma`lum qildi.
Unga ko`ra, “Xorazm” jamoasi futbolchisi Mirjalol Qurbonov hamda “Iftixor” o`yinchisi Umidjon Matmusaev 31-turda o`z jamoalariga yordam bera olishmaydi.