Sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi – Tiago Bezerra

O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi.

Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy sayti (www.PFL.uz)da o`tkazilgan so`rovnoma orqali qabul qilindi. 

Ortda qolgan sentyabr oyida PEPSI Superligada 23-24-tur uchrashuvlari, shuningdek, O`zbekiston kubogi-2018 chorak final hamda yarim final o`yinlari o`tkazildi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator futbolchilar ajoyib o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo`ldi. Qolaversa, jamoalariga muhim ochkolarni qo`lga kiritishda ko`mak berishdi. 

So`rovnoma yakunlariga ko`ra, o`tgan oyda 4 ta o`yinda maydonga tushib, 4 marta raqiblari darvozasini ishg`ol etgan va 1 ta assistga mualliflik qilgan “Paxtakor” jamoasi a`zosi – Tiago Bezerra eng ko`p ovoz to`pladi va sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deya e`tirof etildi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb