Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi – Baxtiyor Ashurmatov

O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi.

Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi PFL rasmiy sayti (www.PFL.uz)da o`tkazilgan so`rovnoma orqali qabul qilindi. 

Ortda qolgan sentyabr oyida PEPSI Superligada 23-24-tur uchrashuvlari, shuningdek, O`zbekiston kubogi-2018 chorak final hamda yarim final o`yinlari o`tkazildi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar barqarorlik namoyish etishdi. Bunda jamoalar ustozlarining xissasini alohida e`tirof etish joiz.  

Xususan, AGMK jamoasining o`z tarixida ilk bor mamlakat kubogi finaliga yo`l olishida Baxtiyor Ashurmatovning beqiyos o`rni bor ekanini so`rovnoma natijalari ham ko`rsatib turibdi. Eng ko`p ovoz olgan Ashurmatov bu borada Shota Arveladze, Bahrom Xaydarov hamda Andrey Fyodorovni ortda qoldirib, sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olindi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb