Sentyabr oyining eng yaxshi darvozaboni – Eldor Suyunov

O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi.

Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy sayti (www.PFL.uz)da tashkil etilgan so`rovnoma orqali qabul qilindi. 

Ortda qolgan sentyabr oyida PEPSI Superligada 23-24-tur uchrashuvlari, shuningdek, O`zbekiston kubogi-2018 chorak final hamda yarim final o`yinlari o`tkazildi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator darvozabonlar ishonchli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo`lishdi. 

O`tkazilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra, eng ko`p ovoz yig`gan Eldor Suyunov sentyabr oyining eng yaxshi darvozaboni deb topildi. “Kuchli uchlik”dan Roman Abdulov hamda Javohir Ilyosov o`rin olishdi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb