O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi.
Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy sayti (www.PFL.uz)da bo`ladigan so`rovnoma orqali qabul qilinadi.
Ortda qolgan sentyabr oyida PEPSI Superligada 23-24-tur uchrashuvlari, shuningdek, O`zbekiston kubogi-2018 chorak final hamda yarim final o`yinlari o`tkazildi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator futbolchilar ajoyib o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo`ldi. Qolaversa, jamoalariga muhim ochkolarni qo`lga kiritishda ko`mak berishdi.
Sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo`lish uchun nomzodlar:
|
Nomzod |
Klub |
Erishdi |
№ |
|
Tiago Bezerra |
Paxtakor |
4 o`yin, 4 ta gol, 1 ta assist |
|
|
Suhrob Berdiev |
Qo`qon-1912 |
4 o`yin, 3 ta gol |
|
|
Zafar Polvonov |
AGMK |
4 o`yin, 2 ta gol |
|
|
Farrux Sayfiev |
Paxtakor |
4 o`yin, 2 ta gol |
|
|
Murod Toshmatov |
Bunyodkor |
4 o`yin, 2 ta gol |
|