Sentyabr oyining eng yaxshi darvozabonini aniqlash uchun ovoz bering

O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi.

Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy sayti (www.PFL.uz)da bo`ladigan so`rovnoma orqali qabul qilinadi. 

Ortda qolgan sentyabr oyida PEPSI Superligada 23-24-tur uchrashuvlari, shuningdek, O`zbekiston kubogi-2018 chorak final hamda yarim final o`yinlari o`tkazildi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator darvozabonlar ishonchli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo`lishdi.

 

Sentyabr oyining eng yaxshi darvozaboni bo`lish uchun nomzodlar:

 

Nomzod

Klub

Erishdi

Javohir Ilyosov

Metallurg

2 o`yin, 1 quruq o`yin, 3 seyv

 

Eldor Suyunov

Paxtakor

4 o`yin, 1 quruq o`yin, 3 seyv

 

Murod Zuxurov

Bunyodkor

2 o`yin, 1 quruq o`yin, 2 seyv

 

Roman Abdulov

AGMK

4 o`yin, 1 quruq o`yin, 3 seyv

 

 

 

 

 
mib
uzcard
cola
apex
bmb