Futzal bo`yicha mamlakat chempionati 12-tur uchrashuvlari doirasidan o`rin olgan “Neftchi” – “Metallurg” qarama-qarshiligi bo`lib o`tdi.
24 sentyabr
“Neftchi” – “Metallurg” 4:1
Farg`ona. “Istiqlol” sport majmuasi. 66 tomoshabin.
Hakamlar: Umid Po`latov, Nikita Afinogenov, Anatoliy Rubakov, Murod A`zamjonov.
Nazoratchi: Viloyat Najafaliev.
Komissar: Rodion Kondretev.
Gollar: G`ulom Mamajonov, 4 (1:0). Avaz Abduvaliev, 12 (2:0). Xushnur Erkinov, 17 (3:0). Sherzod Mustafoev, 33 (3:1). Anas Raxmatov, 38 (4:1).
Ogohlantirishlar: Sherzod Mustafoev (2), Baxtiyor Baratov (29).
25 sentyabr
“Neftchi” – “Metallurg” 3:2
Farg`ona. “Istiqlol” sport majmuasi. 49 tomoshabin.
Hakamlar: Nikita Afinogenov, Anatoliy Rubakov, Murod A`zamjonov, Umid Po`latov.
Nazoratchi: Viloyat Najafaliev.
Komissar: Rodion Kondretev.
Gollar: Husniddin Nishonov, 16 (1:0). Xushnur Erkinov, 17 (2:0). Ixtiyor Ropiev, 17 (2:1). Ixtiyor Ropiev, 25 (2:2). G`ulom Mamajonov, 25 (3:2).
Ogohlantirishlar: Ixtiyor Ropiev (11), Azim Saidahmadov (14).
Chetlatish: Ixtiyor Ropiev (25 – 2SK)
Futzal bo`yicha mamlakat chempionatida 12-tur uchrashuvlari doirasidan o`rin olgan “Neftchi” – “Metallurg” qarama-qarshiligi aslida 19-20 avgust kunlari bo`lib o`tishi lozim edi. Lekin 19-20 avgust kunlari Farg`ona shahrida ta`lim muassasalariga kirish imtihonlari o`tkazilgani va o`yin bo`ladigan zalda ham imtihonlar tashkil etilgani sababli “Neftchi” klubi rahbariyati o`yinni keyinroq muddatga ko`chirishni so`rab PFLga murojaat qilgan edi.