O`zbekiston kubogi yarim final bosqichiga qur`a tashlandi

Bugun O`zbekiston kubogi yarim final bosqichiga qur`a tashlandi. 

Unga ko`ra, yarim finalda “Qo`qon-1912” – “Paxtakor” hamda “Bunyodkor” – AGMK juftliklari qarama-qarshiligiga guvoh bo`lamiz. 

 

O`zbekiston kubogi

Yarim final

27 sentyabr

“Qo`qon-1912” – “Paxtakor”

28 sentyabr

“Bunyodkor” – AGMK

 

“Qo`qon-1912” va “Paxtakor” jamoalari PEPSI Superliga 24-tur o`yinini 22 sentyabr kuni o`tkazishadi. “Bunyodkor” va AGMK esa 23 sentyabr kuni tur o`yinlarini o`tkazadi. Shu sababdan “Qo`qon-1912” – “Paxtakor” bahsi 27 sentyabr kuni, “Bunyodkor” – AGMK 28 sentyabr kuni bo`lib o`tadi. Jamoalar shunda kubok bahsiga qadar 5 kun davomida tayyorgarlik ko`rish imkoniyatiga ega bo`lishadi. 

Har ikkala uchrashuv ham soat 18:30da start oladi va Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb