
O`zbekiston kubogi o`zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Bugun — 19 sentyabr kuni yarim finalga yo`l olgan barcha jamoalar nomi ma`lum bo`ladi. 1/2 final uchrashuvlari 27-28 sentyabr kunlari bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan.
Yarim final juftliklari “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladigan “Gol” ko`rsatuvi vaqtida tashlanadigan qur`a orqali aniqlab olinadi. Ko`rsatuv ertaga — 20 sentyabr kuni 19:40 da boshlanadi.
Ta`kidlash joiz, O`zbekiston kubogining 1/8 final uchrashuvlari qur`asi ham, 1/4 final qur`asi ham “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilgan edi. Dastlab Mirjalol Qosimov, Murod Zuxurov hamda Aziz Turg`unboev qur`a marosimida ishtirok etgan bo`lsa, chorak final juftliklarini Ravshan Haydarov aniqlab bergandi.