
O`zbekiston kubogi bahslarida bugun 1/4 final uchrashuvlari start oldi.
Kun doirasidan o`rin olgan “Paxtakor” – “Lokomotiv” bahsini boshqarib boradigan hakam o`zgardi. O`FA hakamlar qo`mitasi mazkur o`yin darajasini va unga bo`lgan futbol jamoatchiligi e`tiborini inobatga olgan holda Viktor Seraziddinov o`rniga FIFA referisi sanaluvchi Ahrol Risqullaevni tayinlandi.
“PAXTAKOR” – “LOKOMOTIV”
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Andrey Tsapenko, Sanjar Shoyusupov, Vadim Agishev.
Nazoratchi: Artyom Arutyunov.
Komissar: Baxtiyor Namozov.
Ta`kidlash joiz, mazkur uchrashuv soat 20:00da start oladi.