“Navbahor” “Paxtakor” bilan o`yin vaqtida tartibsizlikka yo`l qo`ygan 27 nafar muxlisga nisbatan chora ko`rdi

PEPSI Superliga 23-turi doirasidan o`rin olgan markaziy uchrashuv Namangandagi “Markaziy” o`yingohda bo`lib o`tdi. Unda chempionlikka da`vogarlik qilayotgan klublar – “Navbahor” va “Paxtakor” o`zaro to`qnash keldi. Juda qiziqarli va gollarga boy o`tgan uchrashuv 3:3 hisobida yakuniga etdi.  

Shu kuni stadionga tashrif buyurgan hamda o`yinni TV orqali jonli efirda tomosha qilgan muxlislar shiddatli to`qnashuv guvohiga aylanishdi. Biroq uchrashuv davomida hakam qaroriga norozilik sifatida xushtakbozlik qilish hamda stadionning ayrim sektorlaridan maydon tomon plastik idishlar otilishi kabi xunuk holatlar ham kuzatildi.

Bugun “Navbahor” klubida mazkur holatlar yuzasidan klubning ichki yig`ilishi o`tkazildi. Klub matbuot xizmatining ma`lumot berishicha, yig`ilishda “Navbahor” PFK vitse-prezidenti Shamshod Sarikov, klub direktori Ilhom Mirzaboev,  viloyat futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Baxrom Xolmirzaev, klub hodimlari, fan-klub a`zolari ishtirok etishdi va kechagi o`yin tafsilotlarini muhokama qilishdi.

“Paxtakor”ga qarshi uchrashuv vaqtida yuz bergan xunuk holatlar odatda barchaga o`rnak sifatida ko`rsatiladigan “Navbahor” muxlislarini futbolimiz jamoatchiligi oldida obro`sizlanishiga sabab bo`lishi asosiy mavzu bo`ldi. Zero ayrim sektorlarda o`tirgan ba`zi ishqibozlar o`z asablarini jilovlay olmasdan, o`yin davomida haqoratli so`zlar ishlatib, maydonga turli buyumlarni uloqtirishi stadionga keladigan ayol va yosh muxlislarning ruhiyatiga salbiy ta`sir o`tkazishini aslo oqlab bo`lmaydi. 

Shu boisdan “Navbahor” fan-klub etakchisi Farhod Umaraliev jiddiy hayfsan oldi. Klub vitse-prezidenti Shamshod Sarikov o`yin vaqtida olingan videoyozuvlar orqali maydonga turli buyumlar uloqtirgan muxlislar aniqlanganini ta`kidlab, endi o`sha ishqibozlar “Markaziy” stadionga qo`yilmasligini ma`lum qildi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb