PEPSISuperliga 23-turining markaziy o`yinida “Navbahor” va “Paxtakor” o`zaro to`qnash keldi. Juda qiziqarli va gollarga boy o`tgan uchrashuv 3:3 hisobida yakuniga etdi.
23-tur / 14 sentyabr
“NAVBAHOR” – “PAXTAKOR” 3:3
Namangan. “Markaziy” stadion. 22650 tomoshabin.
Hakamlar: Aziz Asimov, Ruslan Seraziddinov, Alisher Usmonov, Akmal Rahimov.
Nazoratchi: Dmitriy Roman.
Komissar: Ma`murSaidqosimov.
Gollar: Ayubxon No``monov, 40 (1:0). Dragan Cheran, 48 (1:1). Ismoil Gonsalvesh, 71(penalti, 1:2). Aziz Turg`unboev, 77(2:2). Farrux Sayfiev, 80 (2:3). Igor Golban, 90 (3:3).
“Navbahor”: Botirali Ergashev, Igor Golban, Sherzod Karimov, Aziz Turg`unboev, Ayubxon No``monov, Dilshod Jabborov (Ilhom Boydedaev, 83), Mirzohid G`ofurov, A`zam Aliev, Davron Xoshimov, Darko Nikach (Azamat Allaniyozov, 90+3), Darko Stanoevich.
“Paxtakor”: Eldor Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod A`zamov, Azim Ahmedov, Dilshod Rahmatullaev, Jaloliddin Masharipov (Jasur Yaxshiboev, 88), Ismoil Gonsalvesh (Kamoliddin Tojiev, 84), Egor Krimets, Farrux Sayfiev, Dragan Cheran, Tiago Bezerra.
Ogohlantirishlar: Davron Xoshimov (29) - Egor Krimets (29).