Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi – Islom Isoqjonov

Bilasiz, O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.

Mazkur so`rovnomada Pepsi Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy sayti (www.PFL.uz)da o`tkazilgan so`rovnoma orqali qabul qilindi. 

Ortda qolgan avgust oyida 3 ta tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. O`tkazilgan 20-21-22-turlar davomida bir qator futbolchilar mazmunli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`lishdi.

Jamoalar murabbiylari, sardorlari va muxlislar o`rtasida tashkil etilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra, “Metallurg” jamoasi a`zosi Islom Isoqjonov avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O`tgan oyda 3 o`yinda maydonga tushib, 4 marta raqiblari darvozasini ishg`ol etgan va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan Isoqjonov so`rovnomada eng ko`p ochko jamg`arishga erishdi. Mahoratli futbolchini 7 nafar murabbiy va sardor 1-o`ringa, yana 13 nafari esa 2-o`ringa joylashtirdi. Qolaversa, PFL rasmiy saytida o`tgan muxlislar so`rovnomasida ham aynan bekobodliklar etakchisi eng ko`p ovoz to`pladi.

Ikkinchi pog`ona esa 2 ta gol va 2 assistga mualliflik qilgan AGMK jamoasi yarim himoyachisi Jasur Hasanovga nasib etdi. Uchinchi o`rindan esa “Paxtakor” hujumchisi Ismoil Gonsalvesh (3 o`yin, 3 gol) o`rin egalladi. 

  

Qaysi murabbiy va sardorlar kimga ovoz bergani esa birozdan so`ng PFL saytida e`lon qilinadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb