Avgust oyining eng yaxshi darvozaboni – Ignatiy Nesterov

Bilasiz, O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.

Mazkur so`rovnomada PEPSI  Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida o`tkazilgan so`rovnoma orqali qabul qilindi. 

Ortda qolgan avgust oyida 3 ta tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. O`tkazilgan 20-21-22-turlar davomida bir qator darvozabonlar ishonchli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo`lishdi.   

So`rovnoma yakunlariga ko`ra, “Lokomotiv” jamoasi posboni – Ignatiy Nesterov eng ko`p ovoz to`plashga muvaffaq bo`ldi. Nesterovni 10 nafar murabbiy va sardor 1-pog`onaga loyiq ko`rishdi. Shuningdek, muxlislar o`rtasida tashkil etilgan so`rovnomada Nesterov Akbar To`raevdan so`ng 2-o`rindan joy oldi va qo`shimcha 4 ochkoga ega bo`ldi. Yakunda, Ignatiy Nesterov 51, Akbar To`raev 41 hamda Eldor Suyunov 39 ochko jamg`arishga erishdi. 

Shu tariqa, Ignatiy Nesterov joriy yilgi mavsumda ilk bor oy laureatiga aylandi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb