Avgust oyining eng chiroyli goli muallifi – San`at Shixov

Bilasiz, O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.

Mazkur so`rovnomada PEPSISuperliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida o`tkazilgan so`rovnoma orqali qabul qilindi.

Ortda qolgan avgust oyida 3 ta tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. O`tkazilgan 20-21-22-turlar davomida bir qator futbolchilar raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg`ol etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo`lishdi.  

O`tkazilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra, “Buxoro” jamoasi a`zosi San`at Shixov eng ko`p ochko jamg`arishga muvaffaq bo`ldi. “Metallurg” darvozasini qoyilmaqom tarzda ishg`ol etgan Shixovni 7 nafar murabbiy va sardor 1-o`ringa loyiq ko`rdi.  Qolaversa, muxlislar ichida ham eng ko`p ovozni San`at Shixov oldi. Shu tariqa, yakunda mazkur futbolchi 41 ochko jamg`argan holda oyning eng chiroyli goli muallifi deb topildi. 

Golni tomosha qilish

mib
uzcard
cola
apex
bmb